O`zbekiston Respublikasi  Harbiy aviatsiya instituti  kursantlarining xorijiy tillarni o`rganishga qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilning 28 martida  Tillar kafedrasi professor-o`qituvchilari tashabbusi bilan  Рус тилининг буюклиги nomli   tadbir  o`tkazildi.

Tadbir musobaqa ruhida tashkillashtirilgan bo`lib, unda institut  1-bosqich kursantlari ikkita  «Максимум» va «Экстремалы» jamoalari o`zaro bellashdilar. Bunda jamoalar 8 ta shart bo`yicha o`zlarining rus tili bilish darajasini namoyish etdilar. Tadbirning qiziqarli hamda maroqli bo`lishi maqsadida  sahna ko`rinishlari ham namoyish etildi.  Viktorinada «Maksimum»  jamoasi 1- o’rinni egallab g’alaba qozondi. Tadbir so`nggida jamoalarga  institut rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg`alari  taqdim etildi.