2024-yil 29-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida “Zamonaviy tilshunoslikda madaniyatlararo muloqot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Ushbu Respublika ilmiy-amaliy anjuman 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan vazifa – ilmiy izlanish yutuqlarini amaliyotga joriy etish yo‘li orqali fan sohalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan bo‘lib, ta’lim sohasida mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilar, kursantlar o‘z ilmiy tezislari bilan ishtirok etishdi. Ushbu anjumanda ta’lim tizimida ilg‘or zamonaviy yutuqlar, natijalar, muammolar yechimini kutayotgan vazifalar va ilm-fan taraqqiyotining istiqboldagi rejalari tahlil qilindi.