Axborot texnologiyalari kafedrasi

Kafedraning faoliyatining asosiy yo’nalishlari:

  • pedagogik ish jarayoni;
  • o‘quv va umumtexnik ish jarayoni;
  • taktik va taktik-maxsus ish jarayoni;
  • zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash;
  • o‘quv guruhlarida siyosiy-tarbiyaviy ishlar; tashkiliy-boshqaruv ish jarayoni.

Kafedraning asosiy vazifalari:

O‘quv ish jarayonini olib borish (mashg’ulotlar o‘tkazish, kursantlar bilan qo’shimcha mashg’ulotlar va konsultatsiyalar o‘tkazish va boshqalar);

Uslubiy ish jarayonini olib borish (axborot texnologiyalari, modellashtirish va simulyatsiya dasturlari, aviatsiyada virtual vositalarini qo‘llash asoslari fanlaridan o‘quv va uslubiy (o‘quv-uslubiy) qo’llanmalarni ishlab chiqish);

Ilmiy ish jarayonini olib borish (axborot texnologiyalari yo’nalishida ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy maqolalar va kitoblarni yozish va chop etish);

Malaka oshirish ish jarayonini olib borish (Respublikamizning eng nufuzli oliy o‘quv dargohlarida o‘qituvchilarning o‘z kasbiy mahoratini oshirish ko‘zda tutilgan);

Kafedraning o‘quv-moddiy bazasini rivojlantirish (o‘quv auditoriyalarni zamonaviy o‘quv anjomlari va ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlash); Kursantlarning harbiy ilmiy to‘garagiga rahbarlik qilish (axborot texnologiyalari yo‘nalishida kursantlar bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib borish, referatlar, maqolalar chop etish, ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini olib borish).

Axborot texnologiyalari kafedrasining auditoriyasida “Axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish jarayoni

Axborot texnologiyalari kafedrasining auditoriyasida “Modellashtirish va simulyatsiya dasturlari” fani bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish jarayoni

Axborot texnologiyalari kafedrasining auditoriyasida “Aviatsiyada virtual vositalarni qo‘llash asoslari” fani bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish jarayoni

Axborot texnologiyalari kafedrasiningo‘quv-moddiy bazasi

Hozirgi kunga kelib 3-ta maxsuslashtirilgan auditoriyalar mavjud bo‘lib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

Axborot texnologiyalari kafedrasiningkompyuter auditoriyasi

Axborot texnologiyalari kafedrasining modellashtirish va simulyatsiya kompyuter auditoriyasi

Axborot texnologiyalari kafedrasininginternet tarmog‘ining kompyuter auditoriyasi

Kafedrada kursantlar harbiy ilmiy to‘garagining faoliyati