Ilm

O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ilmiy ishlari

Ilmiy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti faoliyatining asosiy turlaridan biri sanaladi. Ilmiy ishlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Mudofaa vazirligi buyruqlari bilan joriy etilgan normativ-huquqiy xujjatlar asosida tashkillashtiriladi va amalga oshiriladi.

ASOSIY VAZIFALARI
Ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish.
Ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarini tayyorlash ishlari.
Ratsionalizatorlik va tadqiqotchilik ishlari.
O‘quv adabiyotlarini yaratish.
Kursantlar harbiy-ilmiy jamiyati faoliyati.
Ilmiy izlanish yo‘nalishlarida tajribalar o‘tkazish va o‘tkazilgan jarayon bo‘yicha maqolalar, ilmiy ishlar, retsenziyalar va hisobotlar tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida quyidagi ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda
Respublika miqyosida 10 dan ortiq harbiy-ilmiy, ilmiy-amaliy, ilmiy-texnik va ilmiy-nazariy konfrensiyalar o‘tkazildi.
professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
2020 yilda professor-o‘qituvchilar tomonidan xalqaro ilmiy jurnallarda 46 ta, Respublika ilmiy jurnallaridagi (OAK ro‘yxatidagi) ilmiy maqolalar 132 ta, Xorijiy davlatlar xalqaro ilmiy anjumanlari to‘plamida 54 ta, Respublikamiz miqyosida o‘tkazilgan ilmiy anjuman to‘plamlarida 176 ta ilmiy maqolalar nashr etildi.
2020 yilda professor-o‘qituvchilar tomonidan 32 ta o‘quv darslik va qo‘llanmalar, 16 ta o‘quv adabiyotlarni davlat tiliga tarjima qilindi, 5 ta o‘quv film yaratildi, 32 ta interfaol (elektron) qo‘llanmalar ishlab chiqarilib hozirda o‘quv jarayonida qo‘llanilmoqda.
2020 yilda 32 ta ratsionalizatorlik va kashfiyotchilik ishlari bajarilib hayotga tadbiq etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ilmiy kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ilmiy kengashi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
bilim yurti faoliyatining asosiy yo‘nalishi bo‘yicha tadbirlar rejasi va uning amalga oshirilishi hamda qilingan ishlar hisobotini muhokama qiladi;
o‘quv rejalari va dasturlari loyihalarini ko‘rib chiqadi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar hamda tinglovchi va kursantlarni tayyorlash sifatini oshirishni takomillashtiradi;
rejalar va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy tadqiqot natijalari, darslik va ilmiy adabiyotlarni chop etish bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqadi;
professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlariga qabul qilinayotgan nomzodlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va ularni tavsiya qiladi;
bilim yurtining o‘quv moddiy bazasi va uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
mamlakatimizning Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish (qayta tayyorlash) rejasini ko‘rib chiqadi.