Joriy yilning 20-21 yanvar kunlari Harbiy aviatsiya institutida aviamodel sportining 90 yilligi hamda harbiy aviatsiya institutining
30 yilligi munosabati bilan Respublika miqyosidagi O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya instituti kubogi musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada Respublikamizning Buxoro viloyati, Toshkent shahri va Qoraqalpog’iston Respublikasidan kelgan aviamodel sportiga qiziquvchi yoshlar va professional sportchilar ishtirok etdi. Musobaqa yakunida g’oliblar O‘zbekiston Respublikasi harbiy institut kubogi, hamda medal va diplomlar bilan taqdirlandilar.