XOTIRA – ABADIY, QADR – MUQADDAS
Vatan va vatanparvarlik. Harbiylik va fidoyilik. Bu so‘zlar doimo yonma-yon e’tirof etilgan. SHu ma’noda Vatan mudofasi, soha ravnaqi uchun kerak bo‘lsa o‘z jonini ham ayamagan insonlarning nomlarini yod etish bizning burchimiz.
Mazkur sahifalar Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini tamomlagan va Vatan tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, osmonimiz musaffoligi yo‘lida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan safdoshlarimizga bag‘ishlanadi.

kursant TOSHMATOV AZIZBEK TURSUNBOEVICH
Azizbek Toshmatov 1973 yil 9 sentyabrda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining birinchi kursantlaridan.
1996 yil 12 sentyabr kuni mustaqil parvoz mashg‘ulotini amalga oshirish vaqtida halok bo‘lgan. Kursant Azizbek Toshmatov yosh uchuvchilar orasida o‘zining kuchli bilimi, xushmuomalaligi, tashabbuskorligi va parvoz mashg‘ulotlari vaqtida tirishqoqligi bilan ajralib turar edi.

kapitan BOYMURODOV ZAFAR RAXIMOVICH
Zafar Boymurodov 1986 yil 11 sentyabr kuni Jizzax viloyati Jizzax shahrida tug‘ilgan. 2009 yilda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini bitirgan.
kapitan Zafar Boymurodov 2016 yil 18 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatidagi harbiy qismda uchuvchi – shturman lavozimida Mi-171 rusumli vertolyotda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rejaviy parvozi davrida vertolyot tog‘li hududning quyun sharoitida halokatga uchrab ekipaj tarkibida halok bo‘ldi.
kapitan Z.Boymurodov mamlakatimiz mustaqilligi va xalqimizning tinchligi, davlatimizning chegaralari hamda samo sarhadlarimiz daxlsizligini saqlash yo‘lida Qurolli Kuchlarimiz tarkibida munosib xizmat o‘tab kelgan.

katta leytenant ASHIROV SHERMUXAMMAD ERGASHALIEVICH
SHermuxammad Ashirov1975 yil 23 yanvar kuni Toshkent viloyatining YAngiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining birinchi bitiruvchisi.
katta leytenant SHermuhammad Ashirov 2000 yil avgust oyida Surxandaryo viloyatining tog‘li hududlarida vatanimiz sarhadlariga suqilib kirgan terrorchi jangari to‘dalarga qarshi kurashda dushman joylashgan bazalarni qidirib topish va ularga havodan turib zarba berish orqali yakson qilish bo‘yicha jangovar vazifalarni bajarishda faol ishtirok etgan. Katta leytenant SH.Ashirov uchuvchi-shturman tarkibida bo‘lgan vertolyot ekipajiga navbatdagi jangovar vazifa yuklatildi. Mamlakat mustaqilligi va el tinchligini saqlashni muqaddas burch deb bilgan SHermuhammad ham bu topshiriqni bajarishga jiddiy kirishdi. Mi-8 vertolyoti ekipaji tog‘li hududning qiyin sharoitida jangarilar guruhini aniqlab, unga katta talofat etkazdi. Jang paytida vertolyotning o‘ng dvigateliga tekkan o‘q uchish apparatiga jiddiy shakast etkazdi. Boshqaruvi qiyinlashgan vertolyotni erga qo‘ndirish vaqtida o‘zbek lochini – SHermuhammad Ashirov qahramonlarcha halok bo‘ldi. Marhum katta leytenant SHermuhammad Ashirov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoiylik ko‘rsatgani uchun “II – darajali SHon-SHaraf” ordeni bilan mukofotlandi.

leytenant OTRICHENKO MAKSIM OLEGOVICH
Maksim Otrichenko1983 yil 24 mart kuni Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida tug‘ilgan. 2005 yilda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini bitirgan.
2007 yil 27 fevral kuni CHirchiq aerodromida Mi-24 vertolyotida sinov parvozini bajarish vaqtida vertolyot boshqarilmaydigan xolatga tushib qoladi. Uchuvchi – operator leytenant M.Otrichenko vertoletni aerodrom, shuningdek, aholi yashash punktlaridan uzoqlashtirish bo‘yicha barcha harakatlarni bajaradi. Bu bilan ekipaj a’zolari vertolyotni qulashi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘plab talofatlarni oldini oladi. Leytenant Maksim Otrichenko vertolyotni qulashi oldidan ekipajning qolgan a’zolariga vertolyotni tark etishi uchun sharoit yaratib beradi. Lekin o‘zida uchish apparatini tark etish imkoniyati bo‘lmaydi va u voqea joyida qahramonlarcha halok bo‘ladi.

podpolkovnik XARLAMOV SERGEY ALEKSANDROVICH
Sergey Xarlamov1976 yil 29 iyunda Ulan-Bator shahrida tug‘ilgan. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini 1997 yilda tamomlagan.
Bilim yurti bitiruvchilari safidan birinchi harbiy qism komandiri lavozimiga tayinlangan harbiy uchuvchi edi. 23522 harbiy qism komandiri lavozimida faoliyat yuritgan. Nafaqat jismoniy barkamolligi, balki yuksak aql zakovati, intelektual salohiyati bilan ajralib turgan bugunning ofitserida harbiy malaka mahorat har qanday sharoitda ham oqilona qaror qabul qila olish san’ati shakllangan edi. Bu esa ofitserdan Vatan va xalq himoyasi yo‘lidagi ezgu ishlarda yuksak ma’suliyatlilikni tarbiyalaydi. Birinchi toifali mohir harbiy uchuvchini mustaqilligimizni tinch va osoishta hayotimizni himoyalash yo‘lidagi fidoyi xizmatlari davlatimiz rahbariyati tomonidan munosib baholandi. Podpolkovnik Sergey Xarlamov 2000 yilda yuksak davlat mukofoti “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.
2009 yil 22 iyul kuni 09:05 daqiqa o‘tganda CHirchiq aerodromi hududida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Harbiy Havo kuchlari rejasiga asosan Mi-24 jangovar vertolyotida ekipaj tarkibida sinov parvozini amalga oshirish vaqtida uchish apparatida kelib chiqqan nosozlik oqibatida aviaxalokatga uchrab halok bo‘ldi.

kapitan TOG‘AEV JAHONGIR RO‘ZIEVICH
Jahongir Tog‘aev1978 yil 16 avgustda Surxandaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini 1999 yilda tamomlagan. 23522 harbiy qism etakchi bort muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2009 yil 22 iyul kuni 09:05 daqiqa o‘tganda CHirchiq aerodromi hududida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Harbiy Havo kuchlari rejasiga asosan Mi-24 jangovar vertolyotida ekipaj tarkibida sinov parvozini amalga oshirish vaqtida uchish apparatida kelib chiqqan nosozlik oqibatida aviahalokatga uchrab halok bo‘ldi. Kapitan Jahongir Tog‘aev burchiga, tanlagan kasbiga, qasamyodiga sadoqat bilan mustaqil O‘zbekistonimiz ofitseri ekanligidan faxrlanishi, g‘ururlanishi mustaqilligimiz himoyasini hamma narsadan ustun qo‘yishini jangovar xizmatlari davrida isbotlab keldi.

podpolkovnik KENJAEV SAMANDAR ZARIFOVICH
1980 yil 30 may kuni Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini, 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasini tamomlagan.
Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti taktika kafedrasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik Samandar Kenjaev 2013 yil 11 iyun kuni soat 05.00 dan 11.00 gacha 23340 harbiy qism aerodromida uchish rejasiga muvofiq L-39 samolyotida mustaqil ravishda parvozni amalga oshirayotgan vaqtda aviahalokatga uchraydi. U samolyotni turar joylar, maktab va bolalar bog‘chalari, shifoxonalar va sanoat korxonalari ustiga tushib ko‘plab talofatlar olib kelishini oldini oldi. Uchish apparatini xavfsiz hududga olib chiqishni maqsad qilgan harbiy uchuvchi samolyotni o‘z vaqtida tark eta olmay qahramonlarcha halok bo‘lgan.

katta leytenant ADILOV FARRUX FARXODOVICH
Farrux Adilov1990 yil 1 may kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida tug‘ilgan. 2013 yilda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini bitirgan.
katta leytenant Farrux Adilov 2016 yil 18 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatidagi 01041 harbiy qismda bort muhandisi lavozimida Mi-171 rusumli vertolyotda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rejaviy parvozi davrida vertolyot tog‘li hududning quyun sharoitida halokatga uchrab halok bo‘ldi. Katta leytenant F.Adilov mamlakatimiz mustaqilligi va xalqimizning tinchligi, davlatimizning chegaralari hamda samo sarhadlarimiz daxlsizligini saqlash yo‘lida Qurolli Kuchlarimiz tarkibida xizmat o‘tab kelgan.