O‘zbekiston Respublikasi osmoni sarhadlarining qo‘riqchilari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari kuzgi o‘quv semestrining yakuniy nazoratlarini topshirishni boshlab yuborishdi.
Bilim yurti kursantlariga mazkur yakuniy nazoratlarni yaxshi va a’lo baholarga topshirishlarini tilaymiz. Musaffo osmonimiz va havo sarhadlarimiz qo‘riqchilarining mashaqqatli va sharafli ishlarida omad tilab qolamiz!