Sohibqiron jahongir Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan buyuk darg’aning O’zbek davlatchilik tarixida tutgan o’rnini ilmiy manbalar asosida tadqiq etish har qachongidan ham dolzarblik kasb etib bormoqda.
O’R OHABY da Sohibqironning tavallud sanasi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Qarshi davlat universitetining tarixchi mutaxassislari: G’.Karomov “Amir Temur saltanatida davlat va harbiy boshqaruv tizimi”, R.To’xtayeva “Xalaro munosabatlar tarixida Amir Temur shaxsiyati” mavzularida ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.
Kursantlarda Amir Temur faoliyati va shaxsiyati bilan bog’liq savollardan iborat intellektual o’yin esa Temur izdoshlarini yanada aqliy charxlanishga turtki bo’ldi.
Tadbir so’ngida oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlaridan tarkib topgan badiiy havaskorlik jamoasining sahna chiqishlari mehmonlarga juda manzur bo’ldi.