2023-yil 28-april kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida “Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: mavjud muammolar, yechimlari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani o‘tkazildi. Ushbu anjuman o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy jarayonlarni takomillashtirish hamda professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini, ta’limning sifatini oshirish yo‘llarini izlashga qaratilgan bo‘lib, xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro tajribalar almashish  va hamkorlik ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsad qilib olingan. Mazkur anjumanda  ta’lim sohasida mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilar o‘z ilmiy tezislari bilan ishtirok etishdi. Bunda ta’lim tizimida ilg‘or zamonaviy yutuqlar, natijalar, muammolar yechimini kutayotgan vazifalar va ilm-fan taraqqiyotining istiqboldagi rejalari tahlil qilindi.