Bilim yurti shaxsiy tarkibi bilan “Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi deputati Gulshanoy Xudoyqulova, Viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i Lola Soatova hamda siyosatshunos olim Meyli To‘raqulovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqganlar yangilanayotgan bosh qomusimizdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib, 30-aprel sanasida o‘tkazilishi belgilangan referendumda barchani faol ishtirok etishga chorladi.