O`zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining xorijiy tillarni o`rganishga qiziqishini oshirish maqsadida Tillar kafedrasi professor-o`qituvchilari tashabbusi bilan joriy yilning 26 aprel kuni bilim yurti faollar zalida “The admiration for Shakespeare’s creation” nomli tadbir Qarshi davlat universiteti bilan hamkorlikda o`tkazildi.

Tadbir musobaqa ruhida tashkillashtirilgan bo`lib, unda bilim yurti kursantlari hamda Qarshi davlat universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari o`zaro bellashdilar. Bunda jamoalar 4 ta shart bo`yicha o`zlarining ingliz tili bilish darajasini namoyish etdilar.

Tadbirning qiziqarli hamda maroqli bo`lishi maqsadida musiqiy chiqishlar, sahna ko`rinishlari ham namoyish etildi. Do’stlik g’alaba qozondi. Tadbir so`nggida jamoalarga bilim yurti rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg`alar taqdim etildi.