O’zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti qo’mondonligi tomonidan Shaxrisabz shahrida o’quvchi-yoshlar hamda mahalla yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi, tom ma’noda aytganda munozara-brifingini tashkil etildi.

Tadbirga Shaxrisabz shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari ham jalb qilindi. “Har bir inson bolaligida olis osmonga tikilib, bulutlar uzra yuksaklarga parvoz qilishni orzu qiladi. Bu ushaladigan orzu, inson haqiqatan uchishi mumkin. Ikkilanish, shubhalanish, o‘z kuchiga ishonmaslik kabi oyoqlarida zaminga kishanlangan zanjirni uzsa, bepoyon kenglik uning qanotlari ostida bo‘ladi. Mana shunday parvoz zavqini tuyishni barchangizga tilab qolaman”, deydi uchuvchilar sardori.