O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti “Uchish apparatlari va dvigatellarini tuzilishi va ishlatilishi” kafedrasi boshlig‘i, dotsent, podpolkovnik Kobilov Avaz Sultonovich tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Quroli Kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligi munosabati bilan G‘uzor tumani yoshlarining bilim yurtiga tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida yoshlarga bilim yurtida kursantlarning tahsil olishi uchun yaratilgan sharoitlar va milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.