Davlat rahbari tashabbusi bilan “Inson qadri uchun” degan muhim tamoyil asosida milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan barcha harbiylar, muhtaram faxriylarimizning Vatan va xalq oldidagi xizmatlarini munosib qadrlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, kundalik hayotidagi muammolarini hal etishga ko‘maklashish, ularning oilasi va farzandlarini ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar yildan-yilga yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Bugun Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida ham Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsoli” shiori ostida tantanali tadbir tashkil qilindi.

Tadbir davomida davlat va jamoat tashkiloti vakillari soha xodimlarini tabriklab, esdalik sovg’alarini topshirishdi.