Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohatlar qatori jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik, demokratik yangilanish jarayonlari kundan kunga yuksalib, sayqal topib boraveradi.

Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda bir guruh harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Konstitutsiyaning markazida gumanizm g‘oyasi qo‘yilgan bo‘lib, yurtimizda yashayotgan millati, tili va dinidan qat’i nazar har bir insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib borish – davlat xizmatchisining, yurt himoyachisining sharafli insoniylik burchidir.

Tantanali tadbirning badiiy qismidan o‘rin olgan kuy-qo‘shiqlar bayram ishtirokchilariga yanada ko‘tarinkilik kayfiyatini ulashdi.