Oliy harbiy ta’lim muassasasi madaniyat markazida yoshlarning bilim darajasini va intellektual salohiyatini oshirish, ularni vatanparvarlik  ruhida tarbiyalash, kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida kursantlar va muddatli harbiy xizmatchilar ortasida “Zakovat” intellektual oyini tashkil etildi. Bellashuvda Qashqadaryo viloyati Koson tumani o’quvchilari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Tadbir avvalida mamlakatimizda “Zakovat” intellektual oyinini ommalashtirish va keng targib qilishga bagishlangan rolik namoyish etildi. Bellashuvda 4 ta jamoa ishtirok etdi.

Jamolar:

1.KOMETA 2. OSMONDAGI BOLALAR 3.TURON QOPLONLARI 4.O‘ZBEKISTON YOSHLARI

Turnir o‘ziga xos tarzda qizg‘in bahslarga boy o‘tdi. Intellektual bellashuv yakunida “OSMONDAGI BOLALAR” mutloq g‘oliblikni qo’lga kiritdi. Maktab o‘quvchilari g‘olib jamoa bilan birga esdalik uchun rasmga tushdilar.