O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida Koson tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari ishtirokida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida ekskursiya va bir qator ma’naviy-ma’rifir tadbirlar o‘tkazildi. 

        O‘quvchi-yoshlarga bilim yurti bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Yoshlarga kursantlarning o‘qishi va tahsil olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi.

Bilim yurti o‘quv fakultetining kursantlari tomonidan harbiy samolyotlar va vertolyotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.