Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohatlar qatori jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik, demokratik yangilanish jarayonlari kundan kunga yuksalib, sayqal topib boraveradi. Inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblangan mustaqil O‘zbekistonda har bir islohot, har bir uzoqni ko‘zlagan maqsad shunga yo‘naltirilgan. Davlatimiz Bosh qomusining eng muhim g‘oyasi ham insonni qadrlashga, xalqning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.

Kuni kecha O‘R OHABY da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram dasturi o‘tkazildi. Tantanali o‘tkazilgan tadbirda bir qancha harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
30 yil” ko‘krak nishonlari va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.