O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali bayram dasturi o‘tkazildi. Tadbir davomida bilim yurtida faoliyat yuritayotgan 10 dan ortiq harbiy xizmatchilar ko‘krak nishonlari, faxriy yorliq va esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.