O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatiya institutida harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, oilalarda ma’naviy-ruhiy holatni mustahkamlash maqsadida ularning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalarni topshirish marosimi o‘tkazildi.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori talablariga muvofiq harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishlari uchun tavsiyanomalar berilishi amaliyoti yo’lga qo’yilgan.

Institutda o‘tkazilgan mazkur marosimda ham shunday imkoniyatga ega bo‘lgan 8 nafar yigit-qizlarga besh foizli kvota tavsiyanomalari tantanali ravishda topshirildi.