“Amir Temur vorislari” va “Jaloliddin Manguberdi izdoshlari” nomi ostida hududlar kesimida harbiy-ma’muriy sektor rahbarlarining sovrini uchun Qurolli Kuchlar tuzilmalari tarkibiga kiruvchi barcha harbiy qism va muassasalar o’rtasida 6 ta yo’nalish bo’yicha bellashuv tashkil etildi. Bellashuvda O’R OHABY ning ham kursantlari va muddatli harbiy xizmatchilaridan iborat jamoasi munosib nomzodlari yuksak nom uchun kurashdi hamda sovrindorlar qatoridan o’rin egalladi.