Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti qo’mondonligi tomonidan o’z vazifasini sidqidildan ado etib kelayotgan, burchiga sodiq harbiy xizmatchilarini sharaflash maqsadida bilim yurti boshlig’ining o’rinbosari polkovnik Mustanov Anvar Ashurovich tahsil olgan Kitob tumanidagi 6-umumta’lim maktabida “Maktabimiz faxri” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va konsert dasturi namoyish etildi.

Maktabda ushbu harbiy xizmatchining burchagi yaratilgani maktab o’quvchilariga yanada faxr baxsh etdi, uning o’ziga esa cheksiz g’urur.