O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligi, chegaralar dahlsizligi va xalqning tinchligini saqlash yo’lida o’z jonini qurbon qilgan mard, jasur va botir yigitlar qatorida 2000-yil 16-sentabr kuni Surxandaryo viloyati Sariosiyo va Uzun tumanlarida terrorchilarga qarshi olib borilgan janglarning birida Otabek Muhammadiyev mardlarcha halok bo’lgan. Uning tug’ilib o’sgan qishlog’iga O’R OHABY ning bir guruh faxriy harbiy xizmatchilari hamda kursantlari tashrif buyurishdi. Qaxramonning ta’lim olgan maktabiga o’rnatilgan byusti poyiga uning abadiy xotirasi uchun gulchanbarlar qo’yildi.