Oliy harbiy ta’lim muassasasi madaniyat markazida yoshlarning bilim darajasini va intellektual salohiyatini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida kursantlar va muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuvda Qashqadaryo viloyati Koson tumani o’quvchilari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Tadbir avvalida mamlakatimizda “Zakovat” intellektual o‘yinini ommalashtirish va keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan rolik namoyish etildi. Bellashuvda 4 ta jamoa ishtirok etdi.
Jamolar:
1.KOMETA 2. OSMONDAGI BOLALAR 3.TURON QOPLONLARI 4.O‘ZBEKISTON YOSHLARI
Turnir o‘ziga xos tarzda qizg‘in bahslarga boy o‘tdi. Intellektual bellashuv yakunida “OSMONDAGI BOLALAR” mutloq g‘oliblikni qo’lga kiritdi. Maktab o‘quvchilari g‘olib jamoa bilan birga esdalik uchun rasmga tushdilar.