O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti bitiruvchilari davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasini boshlab yuborishdi.

Bo‘lajak ofitserlarimiz oldidagi yakuniy davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasini yaxshi va a’lo baholarga topshirishlariga tilakdoshmiz. Kelajakda mashaqqatli, sharafli ishlariga, osmonimiz va sarhadlarimiz himoyachilariga omadlar tilab qolamiz.