Bilim yurtida har yili 9-fevral –buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavallud sanasi bayramona tarzda nishonlanishi yaxshi an’anaga aylangan. Joriy yilda ham ushbu qutlug‘ sana yanada ko‘tarinkilik, o‘zgacha shukuh bilan adabiyot, ma’naviyat, ilm-ma’rifat ayyomi sifatida keng nishonlandi.
So‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “El Navoiyni yod etsa” shiori ostida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat va san’at xodimlarini jalb etgan holda ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir o‘tkazildi.