Buster doza nima? Buster doza – to’liq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida yana qayta oladigan vaksina dozalaridir.
U bilan emlash qanday amalga oshiriladi? Buster doza bilan to’liq vaksina kursini olganiga 6 oy va undan ortiq vaqt o’tgan aholi vakillari emlanishi mumkin.
Buster doza turi avval olingan vaksina bilan bir hil bo’lishi kerakmi? Emlash punktida buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olish mumkin.
Uni qayerdan olish mumkin? Buster doza olmoqchi bo’lgan aholi respublikaning barcha davolash – profilaktika muassasalarining emlash punktlarida emlanishlari mumkin.