O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab amalga oshiriladigan, “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga asosan joriy yilning 30 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi OHABY va Qurolli kuchlar akademiyasi bilan hamkorlikda, asrlar mobaynida xalqimiz dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarimizning amaliy ifodasi bo‘lgan mehr-oqibat, muhabbat, qadr-qimmat kabi qadriyatlarni yuksaltirish, yoshlarni harbiy vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida viloyatlarning ma’naviy qadriyatlarini inobatga olib “Qadriyatim – bebaho boyligim” mavzusida onlayn ma’naviy-ma’rifiy konferensiya  o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti dotsenti tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Saodat Murtozova, Qashqadaryo viloyati madaniyat va tarix muzeyi bosh mutahassisi Rashid Xasanov hamda xalq folklorshunos namoyondalari halq baxshisi va maqom darg‘alari ishtirok etdi