O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida Qarshi harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda joriy yilning 30-iyul kuni harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini ijtimoiy himoyasi va ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida Respublika harbiy prokuraturasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbir avvalida Respublika harbiy prokurorining o‘rinbosari adliya podpolkovnigi S.S.Muxitdinov xozirgi kunda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy ximoya qilish masalalarida olib borilayotgan islohatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Sayyor qabul davomida turli tadbirkorlik sektorlari va davlat xususiy sherikchilik korxonalari vakillari ishtirok etib,  tadbir qatnashchilari tomonidan yo‘llangan murojaatlarga ijobiy yechim topildi.