O`zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining zamonaviy axborot texnologiyalarga qiziqishini oshirish maqsadida Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o`qituvchilari tashabbusi bilan joriy yilning 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti madaniyat markazining katta majlislar zalida “Zamonaviy kompyuter texnologiyasining buguni, ertasi va kelajagi” nomli intellektual viktorina o`tkazildi.

Tadbir musobaqa ruhida tashkillashtirilgan bo`lib, unda umumiy
3 jamoa – O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti “Kelajak aviatorlari” kursantlar jamoasi, Chirchiq Oliy harbiy tank ko‘mondonlik-muhandislik bilim yurti “Tankchilar” kursantlar jamoasi va Qarshi davlat universiteti “Algoritm” talabalar jamoasi o`zaro bellashdilar. Bunda kursantlardan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Chirchiq Oliy harbiy tank ko‘mondonlik-muhandislik bilim yurti jamoalar hamda Qarshi davlat universiteti talabalardan tashkil topgan jamoa 5 ta shart bo`yicha o`zlarining zamonaviy axborot texnologiyalarni bilish darajasini namoyish etdilar.

Tadbirning qiziqarli hamda maroqli bo`lishi maqsadida musiqiy chiqishlar, sahna ko`rinishlari ham namoyish etildi.

Tadbir so`nggida g`olib hamda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalagan jamoalari – bilim yurti rahbariyati tomonidan diplomlar hamda estalik sovg`alar bilan taqdirlandi.