O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami doirasida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston bilimdonlari” mavzusida joriy yilning 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti tashabbusi bilan ilk bora O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual olimpiadasi o‘tkazildi.

Musobaqada 1-o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining “Kosmos” jamoasi, 2-o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasining “O‘zbegim” jamoasi kursantlari, 3- o‘ringa esa Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlarining “Desantchilar” jamoasi loyiq deb topilib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.