Farg’ona viloyatidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyining aviatsiya sohasiga qiziquvchi, kelgusida yetuk aviator bo‘lishni niyat qilgan tinglovchilarini bilim yurtiga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida o‘quvchilar kursantlar misolida aviatsiya sohasida ta’lim olishning o‘ziga xos yutuqlari hamda mashaqqatlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishdi.
Zamonaviy trenajor majmualari va simulyatsion sinflardagi parvozlar, shuningdek bilim yurti hududi bo‘ylab sayohat bo‘lajak aviator kursantlarning sohaga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.
Tashrifning ikkinchi kunida Qashqadaryo viloyatining tarixiy qadamjolari va me’moriy majmualariga sayohat tashkil qilindi.