Muzey

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HARBIY AVIATSIYA INSTITUTI MUZEYI:

Institut muzeyi  2019 yil 1- sentyabr kuni O‘zbekiston Respubikasi Mudofaa vaziri general mayor Qurbonov Baxodir Nizomovich tomonidan tantanali ochib berilgan.

Muzey konseptual uch bo‘limdan iborat:

Birinchi bo‘lim – insoniyat tarihida ilk parvoz, aviatsiya soxasining rivojlanishi, ilk uchish apparatlarini jangovar qo‘llanilishi tarixi, hamda aviatsiya soxasida birinchi o‘bek qaxramonlari aks ettirilgan.

Ikkinchi bo‘lim –bilim yurti tashkil etilishi hamda uning bosib o‘tgan yo‘li. Bilim yurti o‘tgan 25 yil ichida erishgan yutuqlari aks ettirilgan.

Uchinchi bo‘lim – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi HHMQ va HHK qo‘shinlarida istiqbolda qo‘llaniladigan yangi zamonaviy uchish apparatlari, kelajakdagi aerodrom va vertodromlar, hamda   bilim yurtida taxsil oluvchi kadrlar kelajakda kosmosni zabt etish orzulari aks ettirilgan.

Birinchi bo‘lim – aviatsiya tarixi
Birinchi bo‘lim – aviatsiya tarixi va insonitning ilk parvozi
Birinchi o‘zbek aviatsiya qaxramoni A.A.Taymetov burchagi
Muzeyning markaziy qismi – O‘ROHABY shonli tarixi
Markaziy qismi – bilim yurti tarihi va harbiy xamkorlik.
Uchinchi bo‘lim – O‘zbekiston Harbiy havo kuchlarining istiqboli
Uchinchi bo‘lim- kelajak aerodromlar va vertodromlar maketlari hamda kosmosni zabt etish orzusi