Joriy yilning 21-22 yanvar kunlari oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida aviamodel sportining xona aviamodel turi bo’yicha respublika miqyosidagi musobaqa o’tkazildi. Musobaqada Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan aviamodel sportiga qiziquvchi yoshlar va professional sportchilar ishtrok etdi. Musobaqa yakunida g’oliblar bilim yurti boshlig’ining kubogi, hamda medal va diplomlar bilan taqdirlandilar.