O’R OHABY targ’ibot va tashviqot jamoasining O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan o’tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda ishtiroki o’ziga xos joziba kasb etib bormoqda. Bu galgi tashrif Qarshi shahrida yangidan bunyod etilgan Prezident maktabi o’quvchi yoshlari uchun bo’ldi. Maktab o’quvchilarining millat bayrog’i to’g’risida aytilgan she’rlar va sahna ko’rinishlaridan so’ng harbiy xizmatchilarning Vatanparvarlik kuy-qo’shiqlari hamda ko’rgazmali chiqishlari namoyish etildi.