Inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ong-u tafakkurini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.  Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari ning mazmunli madaniy hordiq olishlarini ta’minlash maqsadida O‘R OHABY da ham O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrining sahna chiqishlari va postonovkalaridan iborat konsert dasturi tashkil qilindi. Teatr truppasining barcha jonkuyar ijodkorlari bilim yurti qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi va eng asosiysi, ularning e’tirofiga sazovar bo‘lishdi.