O’zbekiston Respublikasi OHABY targ’ibot va tashviqot guruhi tomonidan “Keksalar haftaligi” munosabati bilan Qurolli Kuchlar faxriysi, nafaqadagi serjant Jalilova Dilfuza Axrorovna yashash joylariga tashrif uyushtirildi. D.Jalilova harbiy xizmat vaqtida operatsiya oqibatida ko’zlari ojiz bo’lib qolgan bo’lsada, hayot mashaqqatlari oldida taslim bo’lgani yo’q, harbiylarga xos chinakam ma’nodagi mardlik va matonat hissi ila yashamoqda. Bu yo’lda keksa faxriyga ikki farzandi-ikki ko’zning gavhari bo’lib kelishmoqda.