Keksa nuroniylarimiz doim e’zozda, bu borada harbiy xizmatchilarimiz ham o’z tashabbuskorliklarini namoyon etishmoqda. O’zbekiston Respublikasi OHABY ga biriktirilgan Qarshi shahridagi Xudoyzod, Samarqand, Istiqlol, Eski Anhor va Roguzar mahalla fuqarolar yig’inlarining yoshi ulug’ nuroniylari Shaxrisabz shahriga Oqsaroy me’moriy majmuasi, Ko’k gumbaz jom’e masjidi va Shayx Shamsiddin Kulol xonaqosiga ziyorat uyushtirishdi. Qadami qutlug’ insonlarning qadimiy qadamjolarga xayrli tashriflari bir umrga ularning xotirasida muxrlanib qoldi.