O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali bayram dasturi o‘tkazildi. Tadbir davomida bilim yurtida faoliyat yuritayotgan 45 nafar ofitser va serjantlarga “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni hamda 6 nafar ofitser-pedagoglarga harbiy dotsent unvonlari topshirildi.