TA’LIM OLISH

O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari tarkibidagi oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlarining uchuvchi va muhandis-texnik tarkibi uchun ofitser kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan.
Institut hozirgi kunda quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassis tayyorlab bermoqda:
1. Harbiy havo kuchlari taktik – qo‘mondonlik (qiruvchi aviatsiyasi, uchuvchi-muhandis, harbiy transport aviatsiyasi, uchuvchi-muhandis, vertolyot aviatsiyasi uchuvchi-muhandis).

  1. Harbiy havo kuchlari taktik qo‘mondonligi – havo harakatini boshqarish (havo harakatini boshqarish dispetchiri – muxandis).
  2. Uchish apparatlari va dvigatellariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aviatsiya muhandisi (Muhandis-texnik).
  3. Uchish apparatlarining aviatsiya qurollariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aviatsiya muhandisi (Muhandis-elektrotexnik).
  4. Uchish apparatlarining aviatsiya jihozlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aviatsiya muhandisi (Muhandis-elektrik).
  5. Uchish apparatlarining radioelektron jihozlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aviatsiya muhandisi (Radio-muhandis).

Institutda ta’lim olish shakli – kunduzgi, o‘qish davomiyligi
4 yil bo‘lib, o‘qish o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Institutda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlariga aviatsiya mutaxassislarini 4 yillik o‘qish davomiyligida oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishidagi o‘quv dasturlariga muvofiq o‘quv jarayonini amalga oshiradi.
Institutning asosiy maqsadi – belgilangan muddat davomida, o‘z Vataniga sodiq, intellektual rivojlangan, tahliliy va tanqidiy fikrlaydigan yuqori malaka, murakkab vaziyatlarda tezda baholash qobiliyati ega, jangovar-xizmat, taktik va tezkor vaziyatlarda mohirlik bilan tegishli qarorlarni mustaqil qabul qilishga qodir, dunyoqarashi keng, yuksak ruhiy va ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan ofitser kadrlarni tayyorlashdir.
Institutning asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat:
– oliy ma’lumotli harbiy aviatsiya mutaxassisligidagi ofitserlarni, harbiy, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
– ofitser kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
mamlakat mudofaasi va xavfsizligini mustahkamlash va harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish muammolarini hal etishga qaratilgan fundamental va amaliy harbiy ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish;
– oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi professional ta’lim olish orqali harbiy kadrlarning intellektual, madaniy va ma’naviy rivojlanish ehtiyojlarini qondirish;
– harbiy tayyorgarlik sohasidagi ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, etakchi va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni kengaytirish;
– o‘quv-tarbiyaviy jarayonga ta’limning interaktiv metodlarini, yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini hamda mustaqil ta’lim tizimini joriy qilish;
– harbiy xizmatchilarni intellektual, madaniy va o‘qitish sohasida yuqori uslubiy va ta’lim salohiyatini rivojlantirish, etakchi milliy
va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilish;
– harbiy ta’lim va ofitser kadrlar tayyorlash sifati monitoringini joriy etish;
– harbiy ta’lim va ofitser kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish;
– yoshlarning harbiy kasbiy yo‘naltirilganligini va uni oliy harbiy o‘quv yurtlariga kirishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

Institut bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari tarkibidagi, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlarining harbiy qismlarida shartnoma asosida xizmatni olib borishadi.

Bundan tashqari institut tarkibida 2024-2025 o’quv yilidan boshlab magistratura va doktarantura bo’limlari tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi.