Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning eng sharaflisi ustoz va murabbiylikdir. 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida ham tantanali tadbir o‘tkazildi. Yillar davomida o‘z bilim va tajribasini kursantlar bilan bo‘lishgan, har jabhada faol ustozlarimiz bayram munosabati bilan taqdirlanishdi. Konsert dasturi namoyishi, kursantlar tomonidan she’riy tabriklar soha vakillari ko‘ngliga yanada xushnudlik bag’sh etdi.