25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida birinchi bosqichga qabul qilingan kursantlarning Vatani, xalqi va Prezidenti oldidagi yigitlik onti – Vatanga qasamyod tantanali marosimi o‘tkazildi. Tadbirda Mudofaa vazirligi rahbariyati, Jamoatchilik kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotidan vakillar ishtirok etishdi. Qasamyod qabul qilgan kursantlarga Prezident sovg‘asi sifatida “O‘zbekiston tarixi” va “Temur tuzuklari” kitoblari tarqatildi.