2021 yil 28 oktabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida “Zamonaviy ta’limning dolzarb masalalari: filologiya va pedagogika sohasida zamonaviy tendensiyalar va rivojlanish omillari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkazildi.
Ushbu Respublika ilmiy-amaliy anjuman 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasida ko’zda tutilgan vazifa – ilmiy izlanish yutuqlarini amaliyotga joriy etish yo’li orqali fan sohalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan bo`lib, ta’lim sohasida mehnat qilib kelayotgan professor-o`qituvchilar, kursantlar o`z ilmiy tezislari bilan ishtirok etishdi.
Ushbu anjumanda ta`lim tizimida ilg‘or zamonaviy yutuqlar, natijalar, muammolar yechimini kutayotgan vazifalar va ilm-fan taraqqiyotining istiqboldagi rejalari tahlil qilindi.