O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida “Yo‘l harakati xavfsizligiga rioya qilish – yo‘l harakati ishtirokchilarining majburiyati” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar qonunchilikdagi belgilangan o‘zgartirishlar, yangi normalar, xalqaro standartlarning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilishi va xorij tajribasi asosida kirib kelayotgan yangicha yo‘l harakati belgilarining tavsifiy xususiyatlariga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Mutaxassislar  tomonidan tayyorlangan baxtsiz hodisalar haqidagi videolavhalar tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.