Bugungi globallashib borayotgan infosferada har bir davlat o‘z ma’naviy qiyofasini saqlab qolish uchun shu davlatda yashayotgan fuqarolarning mentalitetidan kelib chiqib qulay mafkuraviy makon yaratishga harakat qiladi. Bu borada ko‘plab ilmiy va ijtimoiy markazlar jadal sur’atda ishlar olib borishmoqda.
O’zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya institutida ham hududiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Yangi O’zbekistoning ma’naviy makonini yaratish borasidagi muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida harbiy-ilmiy konfrensiya o’tkazildi.
Konferensiya davomida so‘z olganlar dunyoning turli mintaqalarida ma’naviy sohadagi tahdidlar, mafkuraviy xurujlar avj olib borayotganligi tog‘risida fikr yuritib, ilm-fan yutuqlarining madaniyat va san’at bilan uyg‘unligiga erishish, kishilarning ma’naviy dunyosini adabiyot, musiqa, kino, teatr sohalari orqali korreksiya qilish lozimligiga alohida to‘xtaldi.
Jamiyatda submadaniyatlarning kirib kelishini jilovlash maqsadida jamiyatning har bir fuqarosi ma’naviy islohotlarning faol ishtirokchisi bo’lishi joyizligi ta’kidlandi. Shu maqsadda yosh avlodni ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish kitob va ilm-fanga oshno qilishning yangicha yo‘nalishlarni amalga oshirish borasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi.