O’zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institutida xalqimizning ming asrlik o’tmishi, qadimiy urf-odat va anʼanalar, did, estetik qarashlari shuningdek, oʻziga xos xususiyatlari hamda opa-singillarimizga mos ibo va hayoni aks ettirgan milliy liboslarimiz targʻiboti boʻlgan “Xon atlas” festivali o’tkazildi.
Festival doirasida barcha ayollarimiz institutga milliy libosimiz boʻlgan, atlas koʻylaklarda tashrif buyurishdi, bu institutga o’zgacha bir kayfiyat baxsh etdi. Shundan soʻng Qarshi shahrida joylashgan Tarix va madaniyat muzeyiga sayohat qilishdi.
Bu kabi tadbirlar milliy qadriyatlar va maʼnaviy merosning jamiyati taraqqiyotidagi ahamiyati yuqori ekanligini anglatadi.