O‘zbekiston Respublikasi OHABYda joriy yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi “Havo floti” kuni hamda havo xujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy xavo kuchlari mutaxassislari kuni ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Ushbu mutaxassislik doirasida yuqori natijaga erishgan bir nechta harbiy xizmatchilar sana munosabati bilan rag‘batlantirildi. Bayram munosabati bilan tashkil etilgan konsert dasturi harbiy xizmatchilarga yanada ko‘tarinkilik kayfiyatni ulashdi.