O‘zbekiston Respublikasi Oliy Harbiy Aviatsiya Bilim Yurtida Tillar kafedrasi rus tili o‘qituvchilari Elmuradova L.N. va Sayfieva A.A.  tomonidan “Aviatsiyada rus tilining  o‘rni”  mavzusida viktorina o‘tkazildi. Viktorinada “Vityazi” va “Forsaj” jamoalari  ishtirok etishdi. Kursantlar uch tur bo‘yicha bellashdilar:

I tur – Blis so‘rovnomasi;

II tur –  kartochkalar bilan ishlash;

III tur – “O‘yin to‘xtadi” uyini.

Bellashuv do‘stona muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar rus tilini o‘rganishda o‘z kreativliklari va qiziqishlarini ko‘rsatdilar. Viktorina natijasiga ko‘ra, “Vityazi” jamoasi g‘olib deb topildi.