2023 yil 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilar tomonidan “Ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash afzalliklari. Muammolar va ularning yechimlari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumandata’lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va bu yo’lda amalga oshirilayotgan islohotlar, natijalar, yutuqlar va kamchiliklar to’g’risida dolzarb masalalarni ko’rib chiqish va tahlil qilish borasida ma’ruzalar qilindi. Shu bilan bir qatorda o‘qitishning zamonaviy innovatsion usullari, axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning o‘rni va ahamiyati, harbiy ta’limda axborot xavfsizligini ta’minlash afzalliklari borasida dolzarb masalalarni ko’rib chiqib, taklif va hulosalar bildirildi.Konferensiya so’ngida ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash borasida ko’plab savollarga javoblar olindi, baxsli savollar yuzasida qiziqarli munozaralar ham olib borildi. Konferensiyada bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.