🇺🇿 Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institutida yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, yot g‘oyalarga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olish, hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida badiiy va hujjatli film namoyishi va ularning muhokamasi tashkil etildi.
Tadbir davomida film orqali Vatan tinchligi, milliy xavfsizlik, yoshlarda hushyorlik va ogohlik tuyg‘usini shakllantirish, sog‘lom hayot tarzining ahamiyati keng yoritildi.
Ishtirokchilar tomosha jarayonida chuqur taassurot oldilar va Vatan tinchligi yo‘lida har bir fuqaroning mas’uliyati naqadar muhim ekanini yana bir bor his etdilar.
🇺🇿Tinchlikni asraylik — kelajakni himoya qilaylik!
